Unda onlayn tarzda moskvalik professor A.Abolmasov “Qorin devori churralarida laparoskopik davolashning yangi usullari” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi, shuningdek, yigʻilishda boshqa viloyatlardan shifokorlar ham onlayn qatnashdi.
Yigʻilish davomida viloyat Xirurglar jamiyati raisi, Andijon davlat tibbiyot instituti professori, tibbiyot fanlari doktori, malakali jarroh Yu.Egamov «Nospetsifik yara kasalligini zamonaviy davolash yoʻllari» va viloyat Sogʻliqni saqlash tizimi bosh jarrohi, jamiyat maʼsul kotibi M.Qoʻchqarov “Andijon viloyatida xirurgiya yoʻnalishi boʻyicha 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzularidagi maʼruzalarini olib bordilar.