Mazkur musobaqaning bu galgi bosqichida viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlaridan iborat jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Volleybol bo‘yicha o‘zlarining g‘ayrat va shijoatlarini ko‘rsata olishgan qizlar nafaqat o‘qishda balki sportda ham yigitlardan qolishmasliklarini namoyish eta oldilar. Bizning Andijon Davlat Tibbiyot instituti Davolash fakultetining go‘zallari 2-o‘rinnni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan tanlov va musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash va «Andijon yoshlarni birlashtiradi!» shou-konsert dasturi 27-fevral kuni Andijon shahridagi «Yoshlar Markazi» binosida o‘tkaziladi.