Andijon viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Andijon yoshlarni birlashtiradi!” shiori ostidagi talabalar festivali davom etmoqda.
Bugun talaba-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning birinchi kunidayoq Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlari Andijon qurilish va iqtisodiyot instituti talabalari bilan maydonda bellashib 2:0 xisobida g‘alaba qozondilar.
Futbol musobaqasida esa institut talabalari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar intsituti talabalariga qarshi o‘tkazilgan o‘yin 1:1 hisobida durrang bilan yakunlandi.
Jamoa a’zolariga kelgusi o‘yinlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.