Andijonda «Aorta koarktatsiyasi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda «Aorta koarktatsiyasi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

16:46 21.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 – sonli  Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  2019 -yil  19- iyun kuni Andijon davlat tiibiyot instituti anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda, Andijon Viloyat Ko‘p Tarmoqli tibbiyot birlashmasida «Aorta koarktatsiyasi» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni Rossiya Federatsiyasi Sankt – Peterburg shahridagi I.V.Pavlov nomli Birinchi Davlat Tibbiyot Universiteti, Qon tomir jarrohlik kafedrasi  professori Marchenko Sergey Pavlovich o‘tkazdi.  Seminarda ADTI professor – o‘qituvchilari, AVKTTB shifokorlari, ADTI anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi xodimlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari, magistr va  klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!