O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirish, tibbiyot markazlaridagi sifatli tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, sog‘lom turmush tarzini yangicha bosqichga olib chiqish, aholi orasida psixo-emotsional holatni yaxshilash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarining faoliyati sifatini oshirish maqsadida Andijonda “Inson qadri uchun” shiori ostida salomatlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 36 nafar malakali professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda. Ularga biriktirilgan tuman/shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, Oilaviy shifokorlik punktlari, Oilaviy poliklinikalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan aholiga malakali tibbiy xizmat tashkil etilmoqda.
Hududlarda fuqarolar murojaatlarini tizimlashtirib, tegishli takliflar ishlab chiqish, muassasa darajasida hal qilish mumkin bo‘lgan muammo va murojaatlarni aniq reja asosida bartaraf etish choralari belgilandi.
Tadbir davomida joyida tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga uylarida xizmat ko‘rsatildi. Barcha tibbiyot muassasalarida aholining tibbiyotdan rozilik kayfiyatiga erishilmoqda.