alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 69 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA

14:32 26.04.2023

Andijon shahridagi “Muhammad Yusuf” maydonida xalqimizning sevimli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan “Yurtim, seni iddaolar qilmay sevaman” deb nomlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, umumtaʼlim maktablari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi, o‘quvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhum shoirga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng, so‘z olganlar shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning vatanni o‘zgacha tashbehlar bilan taʼriflagani, insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligini taʼkidladilar.

 

Tadbirning badiiy qismida shoir ijodiga mehr qo‘ygan havaskor yoshlar Muhammad Yusuf sheʼrlaridan namunalar o‘qidilar. Xushovoz xonandalar esa shoirning sheʼrlari asosida tayyorlangan qo‘shiqlarni ijro etdilar.

Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan bu kabi adabiy tadbirlar mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida, xususan, shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumanidagi Qovunchi mahallasida kechga qadar davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!