O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 – sonli Qarori ijrosini ta’minlash maksadida 2019 yil 10 aprel kuni Andijon davlat tiibiyot instituti anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasi hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Germaniyaning «FRESENIUS KABI» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Parenteral oziqlantirishni o‘tkazishni zamonaviy tamoyillari» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Shoshilinch yordam markazi direktori, t.f.d. Vicheslav Yervandovich Avakov o‘tkazdi. Seminarda RShTYoIM AF shifokorlari, ADTI anesteziologiya – reanimatologiya kafedrasini xodimlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari, magistr va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.