alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA TALABALAR SHOUSI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI

08:27 26.05.2023

Joriy yilning 25-may kuni Andijon shahridagi ECO parkda “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostidagi Talabalar shousi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlar agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida tashkil qilingan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Unda viloyatimizdagi davlat oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Andijon davlat tibbiyot instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov muddatli harbiy xizmatini o‘tab kelgan talabalarning 80 nafariga  moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularning kontrakt summasini 35 % O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan to’lash uchun taqdim etilgan vaucherni qabul qilib oldi.

Konsert davomida harbiy orkestrlar, qo‘l jangi chiqishlari, institutimizning “Shou band” yosh gitaristlar jamoasining chiqishlari, taniqli estrada honandalari tomonidan qo‘shiqlar ijro etilib, ommaviy raqslarda barcha birdek zavq oldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!