alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda Xirurglar kengashi o‘z faoliyatini boshladi

16:10 27.09.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan xamkorlikda ADTI xirurgik kafedralari va ADTI klinikasi xirurgiya bo‘limi xodimlari, Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan Xirurglar kengashi o‘z faoliyatini boshladi.

 
Xirurglar kengashi ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda akademik V.Voxidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy markazidan O‘zbekiston respublikasi SSV bosh jarrohi professor M.M.Akbarov, Gepatobiliar va portal gipertenziya bo‘limi rahbari,  professor A.Devyatov, Jigar va o‘t yo‘llari bo‘limi mudiri t.f.n. M.Sh.Nishonov, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh jarrohi A.M.Isaqovlar, bundan tashqari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va tumanlarda faoliyat olib borayotgan jarrohlar ishtirok etdilar.

Xirurgiya kengashining dastlabki yig‘ilishida “O‘t yo‘llarining yatrogen jaroxatlarini davolashda zamonaviy ilg‘or texnalogiyalar o‘rni” , “Varikoz kengaygan qizilo‘ngach venalaridan qon ketishida davolash natijalarini yaxshilash yo‘llari”, “O‘tkir pankreatitda davolash taktikasi” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Xirurgiya kengashi o‘z yig‘ilishini har oyning oxirgi haftasida bir marta o‘tkazib borishga qaror qildi.

Ahmadillo Otaqo‘ziev,

Andijon Xirurglar kengashi kotibi  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!