Andijonda xushxabar!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

May oyining ilk kuni Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga viloyat hokimligi ma’sullari va sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari boshchiligida kuzatib qo‘yildi.

E’tiborli jihati shundaki, sog‘ayganlarning barchasi bundan bir necha kun ilgari kasallik yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari. Ularning 2 nafar shifokor, 1 nafari o‘rta tibbiyot xodimi bo‘lsa, yana bir nafari kichik tibbiyot xodimi.

Sog‘ayib reabilatatsiyaga yo‘l olganlarning 3 nafari Andijon shahridan, 1 nafari esa Xo‘jaobod tumanidan.

Endilikda Andijonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 110 nafarni tashkil etib, umumiy kasallangan bemorlarning 68 foizini tashkil etmoqda, bugungi kun holatiga shifoxonada 52 nafar bemorlar davolanmoqda.

Nasib etsa yaqin kunlarda fidoiy shifokorlarimizning tunu-kun mehnatlari evaziga barcha bemorlarimiz shifo topib, o‘z oilalari bag‘riga yo‘l oladilar.

Andijon viloyat SSB matbuot xizmati

75