alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi tadbirlar davom etmoqda

15:57 12.11.2020

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida “Vatanni sevmoq – iymondandir” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab keng davom etmoqda. Bayram tadbirlarining dastlabkilaridan biri Andijon shahridagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 4-son kasb-hunar maktabida o‘tkazildi.



Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda respublikamizning taniqli olimlari, shoirlar, san’atkorlar, sportchilar, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar, Andijon shahar sektor rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda “Bunyodkor” mahallasi faollari ishtirok etdi.




Ta’lim dargohiga tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular  tomonidan qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.


5 ta muhim tashabbusni hayotimizga samarali tatbiq etish maqsadida ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, unda maktab o‘quvchilari, nuroniylar, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol, futbol va basketbol turlari bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazildi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirning badiiy qismida targ‘ibot guruhi a’zolari xalq farovonligi va yurt tinchligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning keyingi yillarda jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ijtimoiy hayotga tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar bildirdilar. Globallashuv zamonida yoshlar tarbiyasida keksalarning o‘rni, jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, yoshlarni ijtimoiy faollashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida so‘z bordi.


San’atkor va shoirlar o‘z ijod namunalaridan ijro etishib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishladilar.


“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir aholining kayfiyatini ko‘tarish, ularda yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!