2019- yil 29- iyun kuni Andijon shahrida Yoshlar bog’ining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. 30 iyun – Yohlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bog’ning ochilishida Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati , ijtimoiy –rivojlantirish va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O’.Shukurov, ADTI rektori M.Madazimov, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyati kengashi raisi O.Yuldashev hamda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, talaba- yoshlar, litsey, kollej va umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirok etdilar.
Ushbu bog’ning ochilishi viloyatimiz yoshlari uchun katta bayramga aylanib ketdi. Shu kuni yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan o’z iqtidorlarini namoyish etdilar. Talaba-yoshlar turli ma’naviy- ma’rifiy kechalar va sport musobaqalarida faol qatnashdilar.
Shuningdek, ADTI talaba- qizlari milliy va zamonaviy liboslar ko’rgazmasini namoyish qildilar. Vatan, tinchlik, do’stlik va yoshlikni tarannum etuvchi kuy va qo’shiqlar esa barchani davraga chorladi. Bayram ishtirokchilari yayrab raqsga tushib, miriqib madaniy dam oldilar.