Bugun, 3-aprel kuni Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida “Yoshlar va madaniyat” oyligi doirasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostidagi “Yoshlar sayli” oʻtkazildi.
Unda viloyatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari “Munozara” va “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” mavzusidagi insholar tanlovi, “Ibrat izdoshlari” marafoni, shaxmat, kurash, stol tennisi, kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa va seminarlarda ishtirok etdilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ham ushbu “Yoshlar sayli”da faol ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
“Yoshlar sayli” doirasida madaniy-maʼrifiy konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsert dasturida so‘z olganlar, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar. Xushovoz xonandalar tomonidan kuylangan sho‘x qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.