Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Dastlab, institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida 1-o‘rin sohibasi bo‘lganligi munosabati bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Pakirdinov “Mart oyida o‘tkazilgan ichki attestatsiya natijalari to‘g‘risida”gi hisobotini o‘qib eshittirdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Ilmiy-tadqiqot konferensiyasiga tayyorgarlik holati haqida ma’lumot beridi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar tahlili tinglanib, fikr mulohazalar bildirildi. Amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.