alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AQSHlik mutaxassisning Andijondagi safari davom etmoqda

10:39 02.11.2018

           2018-yil 29-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan universitetidan tashrif buyurgan anesteziolog-reanimatolog  Alisher Dadaboyevning talabalar va mutaxassislar bilan uchrashuvi davom etmoqda. 2018 yilning 1-noyabr kuni mutaxassis Anesteziologiya va reanimotologiya kafedrasida bo’lib, 5-kurs talabalari, klinik ordinatorlar, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari uchun ”Akusherlikda anesteziya” mavzusida ma’ruza o’qidi. Tinglovchilar orasida qatta qiziqish uyg’otgan ma’ruza davomida ADTI talabalari xorijlik mutaxassisga  mavzu yuzasidan hamda AQSHda anesteziologiya va reanimatologiya yo’nalishida ta’lim olish bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan  savollariga javoblar oldilar.
        2018-yil 2-noyabr kuni esa A.Dadaboyev AQSHlik mutaxassis ADTI simulyatsiya markazida bo’lib, anesteziologiya va reanimotologiya kafedrasi talabalari uchun  spinal va epidural anesteziya bo’yicha mahorat darsi o’tkazdi. Mazkur mahorat darsida  kafedra a’zolari, magistrlar, klinik ordinatorlar va anesteziologiya reanimatsiyasi yo’nalishi talabalari ishtirok etdilar. Dars davomida ular amaliy ko’nikmalarini oshirdilar
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!