Аndijon davlat tibbiyot insituti bilan Astraxan davlat tibbiyot universiteti o`rtasida hamkorlik aloqalari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Rossiya Federatsiyasi Astraxan davlat tibbiyot universiteti rektori  Xalil Mingaliyevich Galimzyanovning taklifiga binoan Andijon davlat tibbiyot instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektori A.SH.Arziqulov va o`quv-uslubiy bo`lim mas`uli Q.M.Yusupovlar  2018 yil 30 noyabr kuni Astraxan davlat tibbiyot universitetining 100 yillik yubileyida ishtirok etdilar. Tadbir Astraxan shahrining Opera va balet teatrida bo`lib o`tdi.

Tadbirda o`quv ishlari bo`yicha prorektori A.SH.Arziqulov so`zga chiqib, Astraxan davlat tibbiyot universiteti professor-o`qituvchilari va talabalarni Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi. ADTU rektori, akademik X.M.Galimzyanovga milliy to`n va esdalik sovg`alari topshirildi.

Bundan tashqari 2018 yil 1-4 dekabr kunlari vakillarimiz universitet rektori bilan uchrashib, ADTU va ADTI o`rtasida xalqaro hamkorlik kelishuvi va yo`l xaritalarini imzoladilar. Xalqaro hamkorlik kelishuvida institutlararo qo`shma ta`lim dasturi, professor-o`qituvchilar va talabalarni akademik almashinuvi, simulyatsion o`quv markazlarida mutaxassislik fanlari bo`yicha xalqaro talabalar olimpiadasini o`tkazishga kelishib olindi.

281