alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKA TUMANIDAGI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

19:56 10.02.2024

Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim faoliyatini o‘rganish maqsadida unga qarashli “Sharq xaqiqati” oilaviy poliklinikasi (OP), 12-oilaviy poliklinika va unga qarashli “Obod mahalla” tibbiy punktida bo‘ldi.

Manzillarda “Sharq xaqiqati” OP mudiri B.Mamatqulov bilan birgalikda muassasa faoliyati o‘rganib chiqildi. Unda poliklinikaga qo‘shimcha yangi qurilayotgan binodagi ish jarayoni, shifokorlar faoliyati o‘rganildi va kerakli tavsiyalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, 12-OP va “Obod mahalla” tibbiyot punktidagi ish jarayonlari o‘rganildi, davlatimiz tomonidan yetkazilinayotgan 120 xil dori-darmonni bemorlarga yetib borishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish va muassasalarda tibbiyot xodimlarini ish grafigiga to‘liq amal qilinishi zarurligi bo‘yicha tavsiya berildi.

 

“Mehnatobod” oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Unda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda institutning 5 nafar yetakchi mutaxassislari tomonidan hududning 240 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!