alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKADA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

19:59 12.02.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli birlamchi tizim faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bugun, 12-fevral kuni o‘rganish ishlari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika “Olaqanot” hududiy bo‘limi, “Markayuz”  oilaviy shifokorlik punkti, 10- va 7-oilaviy poliklinikalar hamda “Qipchoq” oilaviy shifokorlik punktida olib borildi.

O‘rganish davomida manzillardagi maydonlarining holati, bemorlarni qabul qilish mehanizmi, patronaj hamshiralarining faoliyati, poliklinikalarning texnika vositalari bilan ta’minlanganlik holatlari o‘rganildi.

Ushbu jarayonlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi holatlari aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!