ASAKADA TIBBIY KO‘RIK: TEKSHIRUVLAR, TARG‘IBOT, SALOMATLIK TADBIRLARI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ASAKADA TIBBIY KO‘RIK: TEKSHIRUVLAR, TARG‘IBOT, SALOMATLIK TADBIRLARI

15:50 13.10.2023

Bugun, 13-oktabr kuni Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Chorbog‘” oilaviy shifokorlik punktida tumanning “Ne’matobod” va “Saidobod” mahallalarida yashovchi aholi vakillari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 12 turdagi mutaxassisliklarga ega professor-o‘qituvchilari 260 nafardan ziyod fuqarolarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi.

Jarayonlar davomida UTT, EKG, klinik laborator tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, 11 nafar fuqarolarga tuman va viloyat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Tibbiy tadbirda ishtirok eta olmagan 3 nafar fuqarolar uylarida tekshiruvlardan o‘tkazildi. Bemorlarga bepul dori darmonlar tarqatildi.

Institutning “Volontyorlar” jamoasi a’zolari ham ushbu salomatlik tadbirida faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, uy sharoitida doimiy tarzda bajarib borish zarur bo‘lgan mashqlar haqida ma’lumotlar berdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!