Andijon davlat tibbiyot institutida bitiruvchi 6-kurs talabalarining qishki yarim yillik attestatsiya imtihonlari davom etmoqda
Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov raisligidagi hakamlar hay’ati 6-kurs talabalarining amaliy ko‘nikmalarini imtihondan o‘tkazmoqda.
Institut simulyasion markazida jarrohlik, uralogiya, bolalar kasalliklari, yuqumli kasalliklar mutaxassisliklari bo‘yicha o‘tkazilayotgan yarim yillik attestatsiya imtihonlarini kafedra mudirlaridan Sh.Toshboev, D.Mirzakarimova va N.Bozorov, U.Usmonov, F.Hamidov kabi mutaxassislar kuzatib borishmoqda.
ADTI axborot xizmati