2019-yil 14-16- may kunlari Qozog’iston Respublikasi Olma-ota shahridagi Qozog’iston milliy tibbiyot universitetida Jarrohlik va morfologiya yo’nalishida xalqaro fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Mazkur olimpiadada Andijon davlat tibbiyot institutining «Avitsenna izdoshlari» jamoasi ishtirok etib qaytdi.
Jamoaning Ziyaev Ilyosmirzo, Rustamjonov Abdurashid, Xatamova Gulshoda, Nurmatova Mashxura, Ko’ldasheva Gulshoda, Nishonov Sardor singari a’zolari sinovlarda faol ishtirok etib, jamoa hisobida faxrli 3-o’rinni egalladilar. Olimpiadada 4 davlatdan: Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikalaridan 13 ta jamoa qatnashdi.
Kelgusida ushbu xalqaro olimpiadani o’tkazish estafetasi Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirildi.