Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Axborot-resurs markazida adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi. Unda markaz xodimlari va xorijiy fakultet talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida shoh va shoir, mohir sarkarda, davlat arbobi, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, nodir asarlari haqida maʼlumotlar keltirildi. Ishtirokchilar tomonidan gʻazallar va ruboiylar oʻqildi. Talaba Qader Ahmadning shoʻx kuy-qoʻshiqlari barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.