Axborot-resurs markazi faoliyatidan…

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Xabaringiz borki, Axborot-resurs markazimizda talabalarimiz uchun elektron o‘quv zali tashkil etilib 21 ta kompyuter joylashtirilgan edi. Ayni paytda talabalarimiz kompyuterlardan unumli foydalanishni boshladilar. Ular mazkur kompyuterlar yordamida ARM elektron bazasidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari markazimiz WI-FI tizimiga ulangan.

Talaba yoshlarimiz kitob mutoalasi davomida mazmunli dam olishlari uchun “BOOK KAFE” tashkil etilgan bo‘lib, qo‘li shirin pazandalarimiz talabalarga shirinliklar tortiq etishni boshladilar.Talaba yoshlarimiz maroq bilan kitob o‘qish bilan birga salqin ichimliklar ichib, totli shirinliklardan bahramand bo‘lishmoqda. Bu esa talabalarni kitob bilan yanada yaqin bo‘lishlariga imkon yaratmoqda.

Kitobsevarlarni markazimizda kutib qolamiz!

Dilorom  Umurzaqova

ADTI ARM yetakchi mutaxassis

210