Axborot-resurs markazimiz yangiliklari

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazida yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Joriy yilga kitob fondimiz 27442 nomda 230516 nusxani tashkil etmoqda.

Markazimizda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.  Talabalarimiz uchun elektron o‘quv zali tashkil etildi. Mazkur o‘quv zalimizga 21 ta kompyuter joylashtirildi. Foydalanuvchilar ARM elektron bazasidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari markazimiz WI-FI tizimiga ulangan.

Axborot-resurs markazida kitoblarning ochiq fondi tashkil etildi. Markazimizga tashrif buyurgan har qanday foydalanuvchi devoriy kitob javonini ko‘rib kitobga bo‘lgan mehri oshmoqda.

Talaba yoshlarimiz kitob mutoalasi davomida mazmunli dam olishlari uchun markazimizda shinamgina  “BOOK KAFE” tashkil etildi. U yerda  foydalanuvchilar salqin ichimliklar ichib, shirinliklardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Markazimiz yangiliklaridan yana biri  kitob chop etish uskunasi ishga tushirilgan. Bu uskuna yordamida institutimiz professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma,  monografiyalar va  nusxasi kamroq bo‘lgan kitoblarni ko‘paytirish imkoniyati yaratildi.

Kitobxonlarga ARMdan unumli foydalanish uchun xodimlarimiz samimiy xizmat ko‘rsatishga intilmoqdamiz. Kitobsevarlarni markazimizda kutib qolamiz!

Dilorom  Umurzaqova.

ADTI ARM yetakchi mutaxassis

287