O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Andijon davlat tibbiyot instituti
AXBOROT XATI
Xurmatli hamkasblar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar!
Andijon davlat tibbiyot instituti 2020-ynl 24-aprel kuni, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tezislar qabul qilinadi:
- Ichki kasalliklar
- Jarrohlik yo‘nalishi
- Akusherlik-ginekologiya va pediatriya
- Mediko-biologik fanlar
Videokonferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Dokladlar va tezislar videokonferensiyaning “Elektron to‘plami”da chop etiladi.
Doklad: 13-17 ta Slayd va Ma’ruza davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
Tezislarniig xajmi to‘liq 1 betdan oshmasligi, Word 2003-2010 formatida, A-4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda qator oralig‘i 1,0 interval, yuqori va pastki chegaralari 2 sm, chap va o‘ng chegaralari mos ravishda 30 va 15 mm bo‘lishi lozim.
Material quyidagi tartibda joylanishi kerak:
Tezis nomi (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) va bosh xarflarda) bo‘lishi kerak.
- I.SH. (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).
- Muassasa nomi tashkilot (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).
Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, qo‘llanilgan usullar, olingan natijalar, muxokama, xulosa – (yo‘g‘on) shriftda aks etilgan xolda topshiriladi.
Tezislar 2 nusxada topshiriladi: Birinchi nusxa toza, ikkinchi nusxada mualliflarni F.I.SH. to‘liq yoziladi, imzosi va telefon raqami beriladi. SHu bilan birga muassasadan yo‘llanma xati va ekspertiza xulosasi berilishi kerak.
Videokonferensiyada yosh olimlar, magistrlar va talabalar tezislari qabul qilinadi. (mualliflar tezis berilayotgan vaqtda 35 yoshdan yuqori bo‘lmasligi kerak). Ilmiy ishlarni tanlab olishda ularning dolzarbligiga, maqsad va vazifalarining aniq belgilanganligi, xulosalarning isbotlanganligi va boshqa bir qator jihatlarga e’tibor beriladi.
Tezislarni qabul qilish muddati 2020 yilning 5-martidan 5-apreligacha. Ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng kelgan tezislar qabul qilinmaydi!
Tezislar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:
710000, Andijon shaxar, Yusuf Otabekov ko‘chasi 1-uy. ADTI, “YOsh olimlar Kengashi” Madumarova Maxfuza Maksimovna, Bustanov Sherzodbek Yakubovich, Ko‘ziboeva Maxfuza Mirzaevna.
Murojat uchun telefon raqamlari:
0(374)223-94-70, +998 91 167 18 46., +998 99 905 25 50., +99893-781-02-43
agmi-2020@mail.ru
(yosh olimlar videokonferensiyasiga deb ko‘rsatilishi lozim).