(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BАRCHА MАSАLАLАR KOʼRIB CHIQILDI

15:51 04.05.2021

Ilmiy kengashlar zalida navbatdagi ilmiy kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda institut rektori M. Madazimov, prorektorlar, professor-oʼqituvchilar ishtirok etdilar.

Dastavval rektor M. Madazimov talabalar va xodimlar institutning ichki tartib qoidalariga, karantin talablariga toʼliq amal qilishlari, dars jarayonlarida korrupsiya yoʼl qoʼymaslik, unda har qanday holatda ham korrupsiyaga aralashgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishlari borasida taʼkidlab oʼtdi. Onlayn tarzda oʼqiyotgan talabalarni nazoratga olish, sifatli va samarali taʼlim berish xususida bir qator vazifalar belgilab berildi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Gʼ. Xojimatov soʼzga chiqib, institutda oʼtkazilayotgan konferensiyalarga talab darajasida tayyorgarlik koʼrish, maʼruzalarni shakllantirish va tartibga solish borasida taklif-mulohazalarini bildirdi.

Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor B. Аbdullajonov esa institut reytingini baholashda amalga oshrilayotgan imtihon jarayonlarida barcha professor-oʼqituvchilar АKTda ingliz tilida imtihon topshirishlari lozimligi, endi barcha xujjatlar lotin alifbosida amalga oshirilishi, yangi mehnat shartnomasi bilan barcha birdek tanishib chiqishi kerakligini taʼkidlab oʼtdi.