alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BARCHA 3-KURSLAR BILAN UCHRASHUV OLIB BORILDI

14:54 15.03.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” shiori ostida olib borilayotgan suhbatlardan biri 3-kurslar oʻrtasida oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqqan holda, talabalarning boʻsh vaqtlari va bandligini taʼminlash, ularning oʻqishlaridan ajralmagan holda ishlashlariga imkoniyatlar yaratish, ishlashni istagan yoshlar institutdagi boʻsh xonalarda pullik xorijiy tillar toʻgaraklarini olib borishlari, bu borada ular ijara va soliq toʻlovlaridan ozod etilishlari, amaliyot jarayonlari bilan birga turli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishlari ham mumkin ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shuningdek, talabalarning qiziqishlari va salohiyatlariga qarab, institutdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga, yaʼni boshqaruv, texnik koʻrsatuvchi, axborot texnologiyalari, oʻquv-yordamchi lavozimlariga ishga olinishi boʻyicha ham taklif bildirildi.

Suhbat davomida talabalar tomonidan ham kelgusidagi rejalariga oid savollar va takliflar berildi. Rektor barcha savollarga batafsil javob berdi. Eʼtiborlisi, mavzu borasidagi har qanday savol va takliflar javobsiz qolmasligi, bu borada, dekanlarga, uning oʻrinbosarlariga, tyutorlarga tegishli topshiriqlar berilgan, ularga murojaat qilishlari zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.

“Rektor va talabalar uchrashuvi” davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!