Har gal 9-may – Xotira va qadrlash kunini nishonlaganimizda bugungi dorilomon kunlarimizga shukronalar keltiramiz. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba urushda ishtirok etib, halok boʻlgan ota-bobolarimiz uchun armon boʻlib qolgan. Biz esa ularni yodga olib, xotirlab koʻksimizga bayrogʻimiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentalari”ni taqib, bayramni oʻzgacha kayfiyat bilan oʻtkazyapmiz.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlangʻich tashkiloti faollari tomonidan aholimizga ham “Sharaf lentalari” ulashildi.
Xatto bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish davomida ham mazkur aksiya davom etdi. Bu bilan ularning koʻngillariga taskin va shodlik baxsh etildi.