alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYROGʻIM – FAXRIM MENING!

14:38 18.11.2022

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan, Andijon davlat tibbiyot institutida tadbir tashkil etildi. Uni institut rektori M.Madazimov kirish soʻzi bilan ochib, Davlat bayrogʻi – mamlakat, davlat suverenitetining ramzi hisoblanishi, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatishi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtirishi haqida aytib oʻtdi.

Tadbirda mehmon sifatida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Andijon viloyat boʻlimi rahbari Z.Toshtemirova, Andijon shahar hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi shahar boʻlimi rahbari N.Ulugʻbekova, Viloyat Psixologlar assotsiatsiyasi rahbari N.Askarova, MTDP viloyat boʻlimi rahbari H.Omonov, Buvijonlar maktabi raisi M.Xoshimova ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar, Davlatimiz bayrogʻi – oʻtmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli ekanligi, uni yov qoʻliga topshirishni istamagan ajdodlarimiz, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro uni qoʻlida mahkam tutgancha jon berganligi haqida gapirdilar. Davlatimiz bayorogʻida ruhiyatimiz, gʻurur-iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassam ekanligini taʼkidladilar.

Shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov hamda Davolash fakulteti tyutori M.Mamajonova so’zga chiqib, Vatanimiz bayrog’ini ko’kka ko’tarish har bir yoshning zimmasidagi mas’uliyat ekanligi, buning uchun esa tinmay ilm olib, izlanish zarurligini aytib o’tdilar.

Shundan soʻng, tyutorlar va talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi. Unda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich faollari tomonidan she’rlar va ibratli sahna ko’rinishlari ijro qilindi. Musiqa maktabi oʻquvchilari ijrosidagi raqslar esa dasturga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi. Tadbir yakunida faol talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!