Belorussiya davlat tibbiyot universiteti professori ishtirokida onlayn videoma’ruza

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Mamlakatimiz Prezidentining oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bir qator qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Instituda ta’lim jarayoniga etuk xorijiy mutaxassislarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu masala yuzasidan har bir kafedra ma’lum dastur-reja asosida ish yuritmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti 1-umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedarasi tashabbusi bilan Belorussiya davlat tibbiyot universiteti professori Dmitriy Yurevich Ruzanov ishtirokida onlayn videoma’ruza tashkil etildi.

“Antibiotiklar bilan davolashga turg‘unlik” mavzusidagi  onlayn videoma’ruzada barcha kafedra xodimlari, talabalar hamda klinik ordinatorlar ishtirok etishdi. Ma’ruza so‘nggida ishtirokchilar belorussiyalik professor D.Yu.Ruzanovga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va etarlicha javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati.

157