Oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba va oʼquvchilar oʼrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarining 2025-yilgi mavsumi Respublikadagi barcha viloyatlarda birdek start oldi.


Tadbirda bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda talaba-yoshlar turli darajadagi koʼkrak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Sport vaziri Ikromov Аdham Ilhomovich, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Hatamovich va bir qator mas’ullar ishtirok etdi.


Quvonarlisi, mazkur marosimda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madazimov Madamin Mo‘minovich Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan «Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


Mazkur mukofot bilan institutimiz rektorini butun jamoa nomidan samimiy qutlaymiz! Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!
