alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BESHINCHI FASL”

10:58 26.04.2021

O‘tgan xabarlarimizda biologik kimyo fanidan Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lgan talabalarimiz to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Bu galgi mehmonimiz mazkur olimpiada g‘olibi, Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi  Xusan Boboxonov.

  • Assalomu aleykum, Xusan, avvalo g‘alabalar muborak!
  • Assalomu aleykum. E’tibor uchun raxmat. Bu erishgan yutug‘imiz birgina bizning emas, butun institutimizning g‘alabasi hamdir.
  • Biz uchun qiziq-da, o‘tkazilayotgan tanlovlarda ko‘p talabalarimiz o‘z zafarlari bilan barchani xursand etmoqdalar. Bu tanlovlarda ishtirok etish jarayoni qanday? Taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
  • O‘qigan, doim izlanishda bo‘lgan talaba hech qachon qoqilmaydi, qaytaga yuksak cho‘qqilarga intilib boraveradi. Buning uchun esa harakatda bo‘lish, ayniqsa darsdan bo‘sh vaqtlarini zoye ketkazmaslik darkor, nazarimda. Tanlovlarga kelsak, biologik kimyo fanidan o‘tkazilgan “Ibn Sino avlodlari” xalqaro olimpiadada bir qator davlat vakillari ishtirok etdilar. Barchasi birdek iqtidorli. Albatta, hayajonga berilmay, xakamlar hay’ati tomonidan berilgan 3 ta savolga aniq va to‘g‘ri javob bera oldim. Bunda ustozlarimning bergan bilimlari yordam berdi.
  • Menimcha, bu yuqori natijalar birinchisi emas…
  • Institutimizning O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Gistalogiya bo‘yicha xalqaro olimpiadada 3-o‘rinni qo‘lga kiritganman. “Medical Leaders club” talabalar ilmiy jamiyati tomonidan tashkillangan guruhlar o‘rtasidagi olimpiadada “Eng yaxshi bilimdon” nominatsiyasiga loyiq deb topildim.
  • Demak, siz ham darsdan bo‘sh vaqtlaringizni behuda o‘tkazmas ekansiz-da?!
  • To‘g‘ri. Chet tillarini mukammal o‘zlashtirishga bel bog‘laganman va qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham ishtirok etib boraman. “Medical Leaders club” talabalar ilmiy jamiyati tomonidan Biologik kimyo fanidan talabalarga bepul darslar tashkil etilgan. Ana shu darslarda men ham faol qatnashaman va shu bilan birga o‘zim ham talabalarga dars mashg‘ulotlari o‘tkazaman. Badiiy adabiyotlar esa jonu-dilim. O‘zbek adiblarining juda ko‘p kitoblarini mutolaa qilaman. Hozirda O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini o‘qiyapman. O‘qish va intilish eng yorug‘ va ravon yo‘l. Bu yo‘lda hech qaysi inson qoqilmaydi. Mashaqqatlar bo‘ladi, lekin uni yenga bilish chin insoniy fazilat hamdir. Men ham mana shu yo‘ldagi bir yo‘lovchiman. Kelajakda katta maqsadlar va buyuk natijalar qilish uchun katta qadam tashlayapman.
  • Demak, sizga yo‘lingiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!