O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish, madaniyat va san’at, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik va kitob mutoalasiga samarali jalb etish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshrilayotgan tadbirlarda talabalar faol va qiziqish bilan ishtirok etishmoqda. Institutning barcha kafedralari 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bir-birida yaxshi, qiziqarli tashabbuslar, tadbirlar bilan chiqishmoqda.
Jumladan, xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan Davolash fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida “Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” mavzusi ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Davolash fakultetining 101-guruh – “Intellekt”, 102-guruh – “Yuksalish”, 103-guruh – “Progress”, 104-guruh – “Everest” jamoalari sahna ko‘rinishi, devoriy gazeta tayyorlash, erkin mavzu – qo‘shiq, raqs yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar.
Har bir shart nufuzli hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
“Besh ta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” mavzusi ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov barcha talabalarning faolligida, ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tdi.
Sahna ko‘rinishlariga, devoriy gazetlarni tayyorlashga yoshlar ijodiy yondashganlari, o‘z iste’dod, mahoratini namoyon etishga intilgani ayon bo‘ldi.
Qizg‘in bahslar nihoyasida ko‘rik-tanlovning 3-o‘rniga “Progress”, 2-o‘rniga “Intellekt”, 1-o‘rniga “Everest” jamoalari munosib topildi. 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan “Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” mavzusi ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Oliy o‘rnini Davolash fakulteti 102-guruhining “Yuksalish” jamaosi qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik-tanlovning barcha ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Eng asosiysi esa, yoshlar o‘z iste’dodini namoyish eta olishdi va yoshlikning go‘zal davrini unutilmas lahzalar bilan boyitishdi.
Odiljon Karimov,
ADTI matbuot kotibi