Skip to content BILIMDON AYOL-QIZLAR “ZAKOVAT QUIZ”DA BELLASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BILIMDON AYOL-QIZLAR “ZAKOVAT QUIZ”DA BELLASHDI

20:53 03.03.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkazilmoqda.

Bugun, 3-mart kuni mazkur haftalik doirasida institutning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti hamkorligida “Zakovat Quiz” intellektual turniri o‘tkazildi.

Unda institutning ayol professor-o’qituvchilari, xodimalar va talaba-qizlardan iborat 12 ta jamoa ishtirok etdi.

Oʻyin institut «Zakovat» intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borildi. Qiziqarli, faktlarga asoslangan, bayramona tarzda tuzilgan savollarga barcha jamoalar faollik bilan javob berdi. Jamoalar 6 round davomida kurash olib bordilar. Roundlar davomida musiqa, kino, mantiqiy, test koʻrinishdagi jami 40 ta savol oʻynaldi.

Turnirda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova ishtirok etib, barcha ayol-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.

-“Ayolga ehtirom” haftaligi bejizga “Zakovat Quiz” intellektual turniri bilan boshlanmadi. Jamiyatimizda ayollar qanchalik ilmli, zukko bo‘lsa, ular tarbiya qilayotgan avlod ham shunchalik bilimli bo‘lib yetishadi. Shu boisdan, aziz ayollar o‘sish va rivojlanishdan aslo to‘xtamang – dedi, G.Xolmatova.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan turnir yakunida:

1-o‘rinni “Monro” jamoasi;

2-o‘rinni “Olmoslar” jamoasi;

3-o‘rinni “Pozitiv” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar diplom hamda 1-o‘rin uchun 1 500 000 (bir million besh yuz ming), 2-o‘rin uchun 1 000 000 (bir million), 3-o‘rin uchun 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

adti.uz
Would like to send you notifications