“Biologiya” ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6035-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti “Biologiya” ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarni virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo‘yicha bir oylik qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazishini e’lon qiladi.
Mazkur kurslar onlayn tarzda zoom dasturi orqali o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:
Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunov
+998 93 275 01 07
uslubchi Dilfuzahon Abdullayeva
+998 74 223 94 61