Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan navbatdagi onlayn tanlovga start berildi.
Hurmatli talabalar, shoshiling!
So‘z mulkining sultoni xazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” shiori ostida g‘azallar “Shallenge” tanlovi o‘tkaziladi.
Mazkur tanlovda:
Talabalar joriy yilning 1-fevraldan 15-fevralga qadar ikki siymo g‘azallarini kamida 3 daqiqa ifodali yoddan o‘qib, uyali aloqa vositasida tasvirga olib @adtimanaviyat telegram manziliga #birasrningikkidahosi heshtegi ostida yuboradilar.
G‘oliblar ekspertlar tomonidan aniqlanib, adti.uz rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari institut rektori tomonidan1-,2-va 3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun +99893 442-52-00 (Abdurahmon Abduhalimov).