alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“BIRINCHI TEZKOR TIBBIY YORDAM” MAVZUSIDAGI O‘QUV-SEMINAR YAKUNLANDI

11:33 17.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019-yildagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali tibbiy kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasida birinchi bo‘lgan «Parameditsina» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturi ochish rejalashtirilgan va shartnoma imzolangan.

Unga ko‘ra, sohani tashkillashtirishda innovatsion yondashuv asosida institutda qo‘shma taʼlimda tahsil oluvchi talabalar uchun eng zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan simulyatsion markaz shakllantirish, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvlari ham rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13–15-aprel kunlari Koreya milliy transport universiteti professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalari tomonidan “Birinchi tezkor tibbiy yordam” mavzusida 18 soatlik o‘quv-seminar viloyatimizdagi turli soha vakillari, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirokida olib borildi. Belgilangan kunlik dasturlar doirasida dastlab hamkor oliy taʼlim muassasasi vakillari xorijiy hamda qo‘shma taʼlim dasturi talabalari uchun master-klasslar namoyish etdilar.

Shundan so‘ng, ikki OTM vakillari Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar va o‘t o‘chirish tashkiloti, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun hamda shahrimizdagi “Registon” maydoni va “Navro‘z mall” ko‘ngilochar-savdo markazlarida aholi vakillari ishtirokida  amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdilar. Mazkur jarayonlar qatnashchilarga mavzu doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va zamonaviy usullarni o‘rganish imkoniyatini berdi.

O‘quv-seminar yakunida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salahiddinov Koreya milliy transport universiteti professor-o‘qituvchilari hamda trening davomida yordam bergan talabalarga minnatdorchilik bildirilib, sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Yakunlovchi uchrashuv jarayonida bundan keyingi olib boriladigan ishlar doirasida institut xodimlari hamda talabalar almashinuvi, ikki hamkor oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirish reja qilib olindi. Koreya milliy universiteti professorining fikriga ko‘ra, ushbu o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarga nafaqat tibbiyot sohasidagi xodimlari balki, Andijon viloyatida yashovchi aholi ham katta qiziqish bildirgani va keyingi do‘stona olib boriladigan hamkorlik ishlarini kutib qolishlarini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!