Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini taʼminlashning mahallalar va xonadonlar darajasigacha qamrab olish boʼyicha seminar oʼtkazildi.
Unda institut xodimlari, Аndijon viloyatining 17 ta shahar va tumanlariga biriktirilgan tuman tibbiyot birlashmasi boshliqlariga maslahatchilar, TTB kordinatorlari, KTMP mudirlari ishtirok etdi.
Yigʼilishni institut rektori M.Madazimov qatnashchilarga professor-oʼqituvchilar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda bajarilishi lozim boʼlgan vazifalar boʼyicha koʼrsatmalar berdi. Shuningdek ularga Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining “Аholi sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi” direktori B.Odilova PF-6110 ijrosi boʼyicha birlamchi tizimda olib borilishi lozim boʼlgan vazifalar boʼyicha maʼruza qildi. Viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari Sh.Mamajonov birlamchi tizim mutasaddilariga seminardan kelib chiqib olib borilishi lozim boʼlgan vazifalar boʼyicha topshiriqlar berdi. Seminar ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.