BIRLАMCHI TIZIM TIBBIYOT XODIMLАRIGА SEMINАR OʼTKАZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIRLАMCHI TIZIM TIBBIYOT XODIMLАRIGА SEMINАR OʼTKАZILDI

09:52 30.06.2021

BIRLАMCHI TIZIM TIBBIYOT XODIMLАRIGА SEMINАR OʼTKАZILDI

Jalaquduq tumanida Prezidentimizning “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan 24-OP «Doʼstlik» MFYda aholi orasida «Sogʼlom hayot» dasturini targʼib etish yuzasidan tuman Oila shifokorlari va patronaj hamshiralariga trening oʼtkazildi. Tadbirda mahorat darslari oʼtkazilib, trenerlar tayyorlandi va «Bolalar maktabi», «Аyollar maktabi», «Gipertoniklar» maktablarini ochish boʼyicha seminarlar oʼtkazildi.

Unda oʼz yoʼnalishlari boʼyicha tumandagi barcha DPM rahbarlari, bosh hamshiralar, MFY raislari, maslahatchilar, aholi vakillari, ota-onalar, mahalla faollari ishtirok etdilar. Mahalliy tibbiyot birlashmalaridan qatnashgan tibbiyot xodimlariga institutning sertifikatlari topshirildi. MFYdan seminarda qatnashgan aholi farzandlariga esdalik sovgʼalari berildi. Seminar yakunida olingan bilim va koʼnikmalarni tumanning barcha MFYlarida davom ettirishga kelishib olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!