Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida “2024-yilda taʼlim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalarga bag‘ishlanagn seminar o‘tkazildi. Unda institutning klinik kafedralari mudirlari va davolash ishlari bo‘yicha masʼullar, prorektorlar va fakultetlar dekanlari ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib berib, davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida oliy ta’lim va sog‘liqni saqlsh sohalari bo‘yicha kamchiliklar hamda belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, O‘quv ishlari prorektori B.Abdullajonov yig‘ilishda berilgan oliy taʼlim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda institut jamoasi tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar va ularga belgilangan masʼullar, amalga oshirish mexanizmi bilan tanishtirdi. Institutining davolash ishlari bo‘yicha masʼuli B.Mirzakarimov sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha belgilangan rejalar va ularning amalga oshirish mexanizmi, birlamchi tizimga ko‘rsatishimiz lozim bo‘lgan amaliy yordamlar bo‘yicha qatnashchilarga tushuncha berib o‘tdi.