BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARI AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARI AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

14:30 07.09.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 9-apreldagi “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi №124-sonli buyrug‘iga asosan, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab institutning Davolash ishi va Pediatriya ishi fakultetlari, kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklarining bitiruvchi bosqich talabalarini respublikaning barcha hududlarida shartnoma asosida ishga joylashtirish amaliyotini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Unda hududlarga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Seminarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov olib bordi va bitiruvchi bosqich talabalari uchun tashkil etilgan ushbu amaliyotning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tushunchalar berdi.

Institutning Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha mas’uli B.Mirzakarimov joriy etilgan amaliyotni tashkil etish, uni o‘tkazish, rahbarlarga belgilangan vazifalar talabalar tomonidan olib boriladigan davolash ishlari tartibi bo‘yicha so‘z yuritdi, shuningdek, qatnashchilar savollariga javob berdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!