2021 yil 27 yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida bitiruvchi kurs talabalarini ishga joylashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori M.M.Madazimov ochib bitiruvchilarimizni ishga joylashtirish bo‘yicha takliflar, mavjud muammo va kamchililklar xaqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E.Xolmirzaev, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Yusupov hamda viloyatimizdagi barcha tuman tibbiyot birlashmalari mudirlari ham ishtirok etdilar. Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek talabalar nafaqat mavjud muammo va kamchiliklarni bildirdirish bilan birga o‘zlarining talab, taklif va muloxazalarini ham bayon etdilar.
O‘z tomonidan viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E.Xolmirzaev hamda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Yusupovlar ham talabalarga o‘zlari tomondan har qanday ko‘mak va yordamga tayyor ekanliklarini bildirdilar.