alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARINING ISH FAOLIYATLARI OʻRGANILMOQDA

19:04 03.03.2022

Xabaringiz bor, 2021 – 2022-oʻquv yilida Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlayotgan 6-kurs talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklarining buyruqlariga asosan, qolaversa, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va institut rektori M.Madaazimov tashabbusi bilan viloyatimiz tuman va shaharlarida joylashgan oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor poliklinikalari va Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga amaliyotga chiqarildi. Shuningdek, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda  aniqlangan boʻsh ish oʻrinlari uchun 118 nafar talabalar oilaviy shifokor lavozimlariga ish bilan toʻliq taʼminlandi.

Hozirgi kunda boʻlgʻusi shifokorlar  institutda ustozlaridan olgan bilimlari orqali aholi salomatligini tiklashda va ular oʻrtasida samotik kasalliklarini erta aniqlab jonbozlik koʻrsatib kelishmoqda.

Institutning “Karyera markazi” tomonidan poliklinikalarda ish olib borayotgan talabalarning faoliyati oʻrganib kelinmoqda. Bu gal Jalaquduq tumanidagi “Qoʻshtepa” OShPda mudir lavozimida ishlab kelayotgan K.Bahriddinov jarayoni bilan tanishildi.

6244 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelayotgan oilaviy shifokorlik punktiga soʻnggi uch oy davomida katta oʻzgartirishlar kiritilgan. Maskanning tashqi koʻrinishi hamda barcha xonalari taʼmirdan chiqarilib, xodimlarga va aholiga sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda qishloq aholisining uzogʻini yaqin qilish va ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida institutning malakali mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻriklar ham oʻtkazib kelinmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!