alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHI KURS TALABALARI BILAN SUHBAT

14:16 10.03.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida institut rektori Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida amaliyot bilan birga ish jarayonlarini olib borishlari, bu esa o‘z navbatida o‘z ustilarida ishlab, tajriba ortirishlari, shu qatorda daromad topishlari uchun keng imkoniyat ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tildi. Pullik fan, sport to‘garaklari, til kurslarini ochish istagida bo‘lgan talabalar ijara to‘lovi hamda daromad solig‘idan ozod etilishi, tikuvchilik, pazandalikka qiziqqan qizlarga shart-sharoitlar yaratilishi ham bildirildi.

Bu borada qanday amaliy yordam zarur bo‘lsa, tegishli bo‘limlarga yoki rektorning shaxsan o‘ziga murojaat qilinishi kerakligi alohida eslatib o‘tildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!