BITIRUVCHI TALABALAR BANDLIGI VA KASBIY RIVOJLANISH – USTUVOR YO‘NALISH – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHI TALABALAR BANDLIGI VA KASBIY RIVOJLANISH – USTUVOR YO‘NALISH

12:42 19.03.2026

Bugun, 19-mart kuni “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Pediatriya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq va mazmunli muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ularning kasbiy tayyorgarligi, bandligi hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Rektor o‘z nutqida zamonaviy shifokor bo‘lish uchun nafaqat chuqur bilim, balki xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirish va o‘z ustida muntazam ishlash muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritilib, ushbu hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Mazkur qarorga muvofiq, respublika oliy ta’lim tashkilotlarida “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalarini tashkil etish orqali bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish, ularning o‘zini-o‘zi band qilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, talabalar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishlari, zamonaviy mehnat bozoriga mos raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlari lozimligi haqida muhim tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim yo‘l-yo‘riqlarga ega bo‘ldi, muammolar bartaraf qilindi.

Skip to content