alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH NAVBATI FARG’ONALIK YOSHLAR BO’LDI

13:10 05.04.2022

Davlatimiz rahbari raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor, sog‘liqni saqlash vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!” mavzusidagi ochiq muloqoti hamda mazkur ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlari, tibbiyot muassasasi rahbarlari va xodimlariga aprel oyi davomida amalga oshirilajak ishlar belgilab berildi. Unga ko’ra andijonlik va namanganlik talabalar bandligi ta’minlandi. Bugun esa farg’onalik bitiruvchi talabalar amaliyot o‘tashlari uchun yashash joylaridagi tibbiyot muassasalariga biriktirildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Inoyatov hamda Farg’ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadjonov, Andijon davlat tibbiyot instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov talabalar bilan suhbatlashish jarayonida yoshlarga bildirilayotgan ishonch, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, ishlash barobarida o’z ustida izlanishlariga katta imkoniyat bo’layotganini alihida ta’kidlab o’tdilar.

Muloqotdan so’ng 470 nafar talaba o‘z yashash xududlaridagi tibbiyot muassasalariga biriktirildi. Endi ular umumiy amaliyot shifokori, bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat olib boradilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!