Bugungi kunda mamlakatimizda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash muassasalarida soha mutaxassislarini ish bilan ta’minlash, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish eng dolzarb masalalardan biridir. 2019- yil 23- yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Farg‘ona vodiysi viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan ADTI bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ADTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.Hodjimatov ochib berdi va mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar, jadal o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, bugungi uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad- bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish, mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazish va samimiy suhbatlashishdan iboratligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida marketing bo’limi boshlig’i A.Ziyayev, pediatriya fakulteti dekani A.G‘ofurov, stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanovlar, institut bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari, klinik ordinatorlar mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i O.Umarov ularning barcha savollariga batafsil javob berdi.
Bitiruvchilar uchrashuv davomida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.