Bugun, 30-iyul kuni, Andijon davlat universiteti hududida “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida bitiruvchilar uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.


Tadbir doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov so‘z olib, ushbu kasb ko‘rgazmasining ahamiyati, bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalangan holda muvaffaqiyatga erishishlari nafaqat yoshlar kelajagi balki, Vatan taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.



Shundan so‘ng, institutning faol 20 nafar bitiruvchilariga tantanali tarzda diplomlar topshirildi.


