BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHTIRISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHTIRISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

16:51 18.09.2024

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari tog‘risida”gi 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-apreldagi 124-sonli buyrug‘iga binoan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, Davolash ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov, bitiruvchi bosqich talabalarini ishga joylashtirish bo‘yicha ishchi guruh mas’ullari, Andijon, Farg‘ona, Namangan tibbiyot birlashmalari rahbarlari, bakalavriat bitiruvchi bosqich talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar ishtirok etdi.

Dastavval institut rektori bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda hamda ularning kasbiy faoliyatga kirishishlarida amaliyotning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Ushbu pallada ustozlar ko‘magida nazariy bilimlarni  jarayonda qo‘llash ko‘nikmasi ortishi haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Davolash ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov qatnashchilarga mazkur buyruqni o‘qib eshittirdi va shu asosida olib borilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar, amaliyot jarayonlari, masofaviy dars mashg‘ulotlari borasida ma’lumot berdi.

Ta’kidlash joizki, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyati tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda o‘z yashash joylaridagi tibbiyot muassasalariga shartnoma asosida ishga joylashtirilmoqda. Hozirda institutda 1719 nafar bitiruvchi bosqich talabalari mavjud bo‘lib, shundan 379 nafari ishga joylashtirildi.

Yig‘ilish so‘nggida institut rektori ishchi guruh hamda vodiy tibbiyot birlashmalari rahbarlariga tegishli topshiriq va vazifalarni berdi. Bitiruvchi bosqich talabalariga esa ishga joylashish borasida mas’ullar bilan hamkorlik o‘rnatish kerakligini ta’kidladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!