BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHTIRISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BITIRUVCHILARINI ISHGA JOYLASHTIRISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

15:41 07.10.2024

Bugun, 7-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari tog‘risida”gi 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-apreldagi 124-sonli buyrug‘iga binoan bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i A. Ziyayev, bo‘lim bosh mutaxassisi U. Dadajonov, bitiruvchi bosqich talabalarini ishga joylashtirish bo‘yicha ishchi guruh mas’ullari, bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Dastavval, institut rektori bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda hamda ularning kasbiy faoliyatga kirishishlarida amaliyotning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Ushbu pallada ustozlar ko‘magida nazariy bilimlarni jarayonda qo‘llash ko‘nikmasi ortishi haqida aytib o‘tdi.

Onlayn darslarda muntazam ishtirok etish, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishda muhim ekanligi haqida ta’kidladi.

Shundan so‘ng, talabalar bilan erkin muloqot o‘tkazildi. Unda talaba-yoshlar faoliyatlarida yuzaga kelayotgan muammolar, takliflar, amaliyot jarayonlari, masofaviy dars mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritdi. Mazkur kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rektori fakultetlar dekanlari va mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarga joriy yilning 27-oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga  bo‘lib o‘tadigan saylovda  faol ishtirok etish hamda o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishlari haqida aytib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!